Qotishma nima?
Qotishmalar, yoki boshqacha aytganda, qattiq qorishmalar ikki va undan ko’p miqdordagi suyuq aralashmalarni qotirish asosida vujudga keladi. Qotishmalar asosan (yoki faqat) metallardan iborat “metalli” va “metallmas” qotishmalarga ajratiladi. Metalmas qotishmalarga shisha misol bo’lishi mumkin. Ayrim qotishmalar tabiatning o’zida uchraydi, biroq qotishmalarning asosiy qismi sun’iy usulda olinadi. Inson yaratgan va kundalik ehtiyojlari uchun foydalanadigan dastlabki qotishma bronzadir. Bronza — mis va qalayining birikuvidan tarkib topgan qotishma. Bundan 6000 yil muqaddam odamlar undan har xil idishlar, ov qurollari va mehnat qurollarini yasashgan. Qotishmaning fizik xossasi uni vujudga keltirgan qismlarning xususiyatlaridan birmuncha farq qiladi. Shuni aytish kerakki, bu o’zgarish faqat sifat jihatdan emas, balki qotishma qismlarining tarkibiy miqdorida ham ko’zga tashlanadi. Masalan, sof temir juda yumshoq va shu boisdan uni ishlatib ham bo’lmaydi. Lekin uning tarkibiga 1 — 1,5 foiz uglerod aralashtirib tayyorlangan qotishma po’latni vujudga keltiradi, uning qattiq-qoimligi esa ko’pchilikka yaxshi ma’lum. Uglerod aralashmasi 2 — 2,5 foizga yetkazilsa, yanada qattiqroq, ayni paytda ancha mo’rt bo’lgan cho’yan qotishmasini hosil qiladi. Agar po’latga biroz miqdorda marganes, xrom, vanadiy, titan va boshqa shunga o’xshash legirlovchi elementlar qo’shilsa, uning mexanik xususiyati yaxshilanadi va boshqa bir qator foydali sifatlar bag’ishlaydi. Masalan, buningdek po’lat zanglamaydi. Hozirgi kunda dunyoda qotishmaning (yuqori yoki past issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, yomon qo’shiluvchanlik, mexanik jihatdan mustahkamlik, noqulay sharoitlarda chidamlilik va hokazo) kabi xossalarga ega va insoniyat faoliyatining xilma-xil sohalarida qo’llaniladigan qotishmalarning minglab turlari mavjud.