Qo’ybosh-476

Qo’ybosh-476 — kechpishar qovun navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida chiqarilgan (P.N. Dudko, E.I.Drujinina). Shakli tuxumsimon va cho’zinchoq tuxumsimon (uzunligi 25-30 santimetr, og’irligi 3 — 9 kilogramm). Mevasining sirti biroz bo’ginli, to’ri to’liq, band tomoni quyuq, uch tomonida esa siyrak, goxida to’ri faqat mevasining o’rtasigacha davom etadi. Mevasining rangi band oldida ko’kish-jigarrang, uch tomoni sarg’ish- jigarrang. Sirtida gullari yo’q. Po’sti qattiq, eti o’rtacha qalinlikda, to’la pishmaydi, rangi oq, po’sti yaqinida ko’kish, tig’iz, shirin. Urug’donlari urug’xonaning yarmini egallaydi. O’rug’i o’rtacha kattalikda, keng ovalsimon, to’qsariq. Tarkibida 7,6-10,4% qand, 10,2-13,3% quruq modda bor. Urug’i unib chiqqandan so’ng birinchi hosili 85-95 kunda pishadi. Hosildorligi 250-300 ts/ ga. Tashishga, saqlashga yaroqli (90-100 kun), so’lish kasalligiga chidami o’rtacha. 1939 yildan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.