Qozi

Qozi-shariatda sudya, huquqiy ishlarni hal etuvchi vazifasini bajaruvchi mansabdor. Qozi, shuningdek vasiylikka, vasiyatning bajarilishiga, meros taqsimotiga tegishli ishlarni amalga oshirgan. Vaqf ham qozi nazoratida bo’lgan. Qozilar hukmi qat’iy bo’lib, ular ustidan faqat xon yoki amirlarga shikoyat qilishgan. O’rta Osiyo hududidagi qozilar turli darajalarga bo’linganlar. Masalan, qozikalon eng yuqori darajadagi qozi bo’lib, u xonlik yoki amirlikdagi hamma qozilar ustidan nazorat qilgan. Buxoro xonligida yuqori tabaqadagi shaxslar uchun hoji kalon darajasi bo’lgan. Qozi-ul quzzot – qozikalon o’rinbosari hisoblangan.