Qubba

Qubba (strobil) — ko’pchilik yuksak o’simliklar (qirqbo’g’imlar, plaunlar, ochiq urug’lilar)ning ko’payish organi; shakli o’zgargan (yiriklashgan) novda. Qubba maxsus barglar-sporofillardan shakllanadi. Ignabargli o’simliklar Qubbalariga ba’zan Qubbalar majmui sifatida qaraladi. Yopiq urug’lilar guli Qubbaning bir xili hisoblanadi.