Qumsaqich
Qumsaqich – murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. Asosan, Yevrosiyoning mo’tadil iqlimli mintaqalarida tarqalgan. O’zbekistondayakannamo Qumsaqich va yalang’ochurug’ Qumsaqich turlari uchraydi. Yakannamo Qumsaqichning ildizi yaxshi rivojlangan. Bo’yi 50-80 santimetr, poyasi pastdan shoxlangan. savatchalari bitta yoki 2-3 tadan, shingilsimon ro’vak shaklida to’pgul hosil qiladi. Savatchalari 2 gulli, gullari sariq. Iyul—oktabrda gullab urug’laydi. Daryo o’zanlari, shag’al-toshli yerlar va tog’yon bag’irlarida o’sadi. Q.ning ayrim turlari tarkibida past navli kauchuk bor.