Qunduz xonligi

Qunduz xonligi – shimoliy Afg’onistonda mavjud bo’lgan o’zbek davlati (18-19-asrlar). Xonlik hududiga, shuningdek, Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi ayrim viloyatlar (Ko’lob, Qubodiyon) ham kirgan. 19-asrning 20-yillarida Murodbek davrida nihoyatda kuchaygan. 19-asrning 50-yillarida afg’on amiri Do’stmuhammad tomonidan bo’ysundirilgan.