“Qurbonbek”

“Qurbonbek” — turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan doston. Uning qoraqalpoq versiyasi Qurbonboy jirov Tojiboy o’g’lidan yozib olingan (1938) va nashr etilgan (1962). Bir variant Matnazar Jabbor o’g’lidan yozib olingan (1967). Dostonda Qorabek qizlaridan birining el-yurtiga xiyonat qilishi, Qurbonbekning o’z yurti mustaqilligi uchun kurashi, obi hayot keltirish uchun turli sarguzashtlarni boshidan kechirishi va yurtida adolat o’rnatishi tasvirlangan. Asarda el-yurtga xiyonat, bosqinchilik va zo’rlik qoralanib, tinchlik, do’stlik va inoklik ulug’lanadi. Matnazar baxshining repertuarida “Qurbonbek” dostonining davomi sifatida “Davronbek va Zamonbek” dostoni mavjudligi qayd etilgan.