Qurbonov Ahmadjon
Qurbonov Ahmadjon (1921.10.10, Jomboy tumani — 1945.6.2, Polsha, Grudzyondz shahri, Shyonayx qishlog’ida dafn etilgan) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Urushgacha o’qituvchi bo’lib ishlagan. 1940 yildan armiyada, Tambov harbiy bilim yurtini (1941) va “vistrel” kursini (1943) bitirgan. 128-gvardiyachi o’qchi polka (1-Belorussiya fronti 65-armiyaning 44-gvardiyachi o’qchi diviziyasi)ning batalon komandiri, gvardiyachi mayor. 1944 yil 5 sentabrda Polshaning Seropk shahri, Karnevsk aholi punkti yaqinidagi Narev daryosini kechib o’tishda va plasdarm uchun dushman bilan bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun vafotidan so’ng qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1945.24.3).O’zi o’qigan maktabga, Jomboy shahridagi stantsiya va ko’chaga nomi berilgan.