Qurbonov Anvar Sarmanovich

Qurbonov Anvar Sarmanovich (1948, hozirgi Sirdaryo viloyati Guliston tumani) — quruvchi usta, O’zbekiston qahramoni (1998). Mehnat faoliyatini 1969 yildan Guliston tumanidagi 60-sonli qurilish tashkilotida g’isht teruvchilikdan boshlagan, shu tumandagi 3-mexanizatsiyalashgan kolonnada qurilish brigadiri (1975-81), “sir daryojamqurilish”ga qarashli 49-sonli mexanizatsiyalashgan kolonnaning brigada boshlig’i (1981— 98), Guliston tumanidagi 4-sonli qurilishmontaj boshqarmasida brigada boshlig’i (1998 — 2000), 2000 yildan shu boshqarma kasaba qo’mitasining raisi. Guliston shahridagi 5-mavze, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, suzish basseyni, Alpomish sport majmuasi, boks saroyi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining viloyat bo’limi singari ko’plab yirik me’morlik inshootlari qurilishida faol qatnashib, yuqori mehnat ko’rsatkichlariga erishgan, ko’plab quruvchi shogirdlar yetishtirgan.