Qurilish ob’yekti

Qurilish ob’yekti – qurilishga (qayta qurish yoki kengaytirish), mustaqil ob’yekt smetasi tuziladigan, unga taalluqli barcha jihozlar inventar, asboblar, yo’laklar, estakadalar, ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar mavjud alohida bino yoki inshoot. Alohida qurilish ob’yektlari bo’lib, shuningdek, ish turlari ham hisoblanadi (tiklik bo’yicha rejalashtirish, tashqi muhandislik tarmoqlari, tsexlararo kirish yo’llari, maydonni obodonlashtirish va boshqalar).