Qur’on

Qur’on-musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg’ambarning Makka va Madinada olib borgan og’zaki diniy targ’ibotlari to’plamidan iborat. Qur’onda islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari o’z ifodasini topgan. Islom an’anasida Qur’on Olloh tomonidan Muhammad Payg’ambarga ramazon oyining 27-kuni kechasi vahiy qilingan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib ro’za tutilgan. Uning 27-kuni kechasi “laylat ul-qadr”, ya’ni qudrat kechasi, ilohiyot qudrati namoyon bo’lgan kecha deb ulug’lnadi. Qur’on kitobini “Qur’oni Karim”, “Qur’oni Masjid” deb sifatlashadi.