Ko’pgina xalqlar ertaklarida “qush suti” degan ibora ishlatiladi. Jannat qushlari o’z polaponlarini mana shu ajoyib taom bilan ovqatlantiradi. Undan tatib ko’rgan odam har qanday qurolga va kasalga chapdast bo’ladi. Ko’p vaqtlar buni tiriklik suvi yoki uchar gilam kabi xom gap, deb hisoblashdi. Yovvoyi kaptarlar xulqini o’rgangan parrandashunos olimlar bu fikrni chipakka chiqarishdi. Ma’lum bo’lishicha, kaptar polaponlarini ularning sevimli ovqati — turli don-dunlar va o’simliklar bilan ovqatlantirib bo’lmas ekan. Bunday holda kaptar nima qiladi? Polapon ochish davrida kaptarlar jig’ildon pardalarida yog’ to’planadi. Polaponlar ochib chiqqanda, kaptar jig’ildoni pardalaridan tarkibida polaponlarga zarur bo’lgan vitamin va oziq moddalar bo’lgan yog’massasi ajralib chiqar ekan. Ota-onalari navbatma-navbat bu massadan kekirib, polaponlarini ovqatlantirar ekan. Har bir qush faqat bitta polaponini ovqatlantiradi, odatda kaptarlar uyasida ikkitadan bola bo’ladi. Taxminan uch hafta kaptarlar o’z bolalarini tvorogga o’xshab ketadigan taom bilan ovqatlantiradi. “Qush suti” aynan mana shu bo’lib, u haqda afsonalar to’qilgan.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
