Qushlar bozori
Qushlar bozori – dengiz qushlarining koloniya bo’lib uya qurgan va yashaydigan makonlari. Qushlar bozorini, asosan, baliqchilar, chistiklar, qayralar, olushalar, qoravoylar, ba’zan Pingvinlar va boshqa dengiz qirg’og’idagi tik qoyalarda hosil qilishadi. Qushlar bozori Yevropa, Osiyo, shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, yangi Zelandiya va Janubiy yarim shardagi okeanlar, orollarda ko’proq uchraydi. Ba’zan Qushlar bozori bir necha o’n kilometrni egallaydi va unda yuz minglab qushlar bo’ladi. Qushlar bozoridagi qushlar tuxum va bolalarini yirtqichlardan birgalikda himoya qiladi. Qushlar bozori dengiz biologik balansini saqlashda katta ahamiyatga ega. Qushlar bozoridan qush tuxumi (ayniqsa, qayraniki) yig’ib olinadi, qushlar esa ovlanadi. Peru va Chilida Guano (qush axlati)dan o’g’it sifatida foydalaniladi. Ko’p mamlakatlarda Qushlar bozori muhofazaga olingan.