Qutbiy sho’lalar, qutbiy yog`dular
Qutbiy sho’lalar, qutbiy yog`dular – 900-1000 km balandlikda atomlar bilan molekulalarning kosmosdan atmosferaga kirib kelgan katta energiya zaryadli zarralar (elektron va protonlar) bilan o`zaro ta’sirida atmosfera yuqori qatlamlarining yorug`lik chiqarishi. Qutbiy sho`lalar turganda kechasi osmonda havo-rang oqish, sarg`ish-yashil, ba’zan sarg`ish yoki binafsha nurlar yoy, polosa, to`lqin kabi xilma-xil shakllarda tovlanadi. Qutbiy sho`lalar qutbiy o`lkalardan tashqari ba’zan o`rtacha kengliklarda ham kuzatiladi.