Quttimurodov Jo’ldosbek Jontoyevich
Quttimurodov Jo’ldosbek Jontoyevich (1934.29.8, Kegeyli tumani) — haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi. O’zbekiston Badiiy Alademiyasi akademik (1997), O’zbekistonda (1982) va Qoraqalpog’istonda (1970) xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1961). Qoraqalpog’iston davlat nashriyotida bosh rassom (1961 — 64), 1964 yildan I. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog’iston davlat san’at muzeyida ta’mirlovchi rassom. Quttimurodov asarlarida go’zallik tuyg’usi estetik ideal tarzida namoyon bo’ladi, zamondoshlari qiyo-fasi, tarixiy mavzularni o’ziga xos tarzda talqin qiladi, qoraqalpoq ayoli go’zalligini ramziy obrazlarda ifoda etadi, bu obrazlar mahalliy tabiat manzaralari bilan uyg’unlashgan; har bir asari uchun o’ziga xos yangicha usul izlaydi, eng asosiy narsani aniq va ravshan, sodda ifodalashga intiladi. Yog’och va marmardan “orzu” (1967), “qiz bolaning boshi” (1967), “Amudaryo” (1967), “Shamol” (1967), “Kelinchak” (1967), “ikki shoxli Iskandar” (1967), “Arslon” (1968), “Nihol” (1970), “Beruniy” (1975), “Sohibjamol” (1977), “Farhod” (1981), “Layli va Majnun” (1983), “To’maris” (1984), “Guloyim” (1984), “Anaxita — suv va hosildorlik xudosi” (2000) va boshqalar yaratgan asarlarining asosiy qismi Qoraqalpog’iston muzeyida. “Mening Qoraqalpog’istonim” turkum asarlari uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1972). O’zbekiston ba Oltin medali bilan taqdirlangan (2000). Ad.: Taktash R. X., Joldasbek Kuttnmuratov, T., 1985.