Quyun
Quyun — atmosferada vujudga keladigan kuchli uyurma shamol. Diametri bir necha 10 metrdan bir necha 100 metr, balandligi 800— 1500 metrga etadi. Havo qatlamlarida temperatura beqaror bo’lganda, qattiq isigan havo yuqoriga tez ko’tarilishi natijasida, ko’p hollarda momaqaldiroqli bulutlarda vujudga keladi. Eng yoki xartum shaklida bo’lib, quruqlik yoki dengiz bo’ylab asosan soat mili harakatiga teskari yo’nalishda spiral ko’rinishida yuqoriga harakat qiladi. Yer yuzasidan chang-to’zon, suv va boshqa buyumlarni ko’tarib ketadi. Ustki qismi voronkasimon bo’lib, bulutlar bilan tutashadi. Sekundiga 50— 100 metr tezlik bilan aylanadi. Yer yuzasi bo’ylab sekundiga 10-20 metr tezlikda harakat qiladi va 40-60 kilometrgacha davom etadi. Quyun AQShda tornado deb ataladi.