Rabod
Rabod (Arabcha) — O’rta Osiyo, Eron va Afg’onistondagi o’rta asr shaharlarining savdo va hunarmandchilik do’konlari, mahallalari joylashgan qismi. Rabodlar 7-8-asrlarda paydo bo’lib, shaharlarning arki yoki shahristoni atrofiga qurilgan. 11 — 12-asrlarda O’rta Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. 13-asr boshida mo’g’ullar istilosi natijasida ko’plab qadimgi shaharlarning arki va shahristoni xarobaga aylanib qolgan bo’lsada, Rabodlarda hayot davom etgan.