Radioaktivlik

Radioaktivlik (radio… va activus — ta’sirchan) — kimyoviy element beqaror izotopining elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib o’z-o’zidan boshqa element izotopiga aylanish qobiliyati. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda bo’ladigan Radioaktivlik tabiiy Radioaktivlik, yadro reaktsiyalari vositasida olinadigan izotoplarning Radioaktivligi sun’iy Radioaktivlik deyiladi. Sun’iy va tabiiy Radioaktivlik orasida hech qanday farq yo’q. Ikkala holda yuz beradigan radioaktiv yemirilish jarayoni bir xil qonunlarga bo’ysunadi. Radioaktivlik hodisasini birinchi marta 1896 yilda A. A. Bekkerel kashf qilgan. U uran tuzlaridan noma’lum nurlar chiqishini, bu nurlar xuddi rentgen nurlari kabi har xil moddalardan o’tishini, fotografiya plstinkasini qoraytirishini birinchi bo’lib aniqladi va ularni radioaktiv nurlar deb atadi. Tez orada toriyning Radioaktivlikgi aniqlandi. 1898 yilda esa M. Sklodovskaya Kyuri va P. Kyurilyar ikkita yangi radioaktiv element (poloniy va radiy) ni kashf etdilar. E. Rezerford va yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning kuzatishlari natijasida radioaktiv moddalar o’zidan uch xil ko’rinishdagi (a, r va u)nurlarni chiqarishi aniqlandi va bu nurlarning tabiati o’rganildi: anurlar ikkita musbat zaryadga ega bo’lgan geliy atomining yadrosidan iborat; rnurlar manfiy zaryadga ega bo’lgan elektronlardan iborat; unurlar rentgen nurlariga o’xshaydigan elektromagnit nurlanishdir. Radioaktivlikning ma’lum bo’lgan asosiy turlari quyidagilardan iborat: 1) sxemirilish; 2) remirilish (shu jumladan, Ktutish); 3) protonli Radioaktivlik; 4) og’ir yadrolarning spontan ravishda bo’linishi. Radioaktiv yemirilish natijasida hosil bo’lgan yadrolar radioaktiv bo’lishi va ularning emirilishidan hosil bo’lgan yangi yadrolar ham yana radioaktiv bo’lishi mumkin va hokazolar. Tabiatda uchta radioaktiv kator mavjud ekanligi aniqlangan bo’lib, ular uran, toriy va aktinouran elementlaridan boshlanadi. Uchchala holda ham oxirgi mahsulot qo’rg’oshin izotoplari, ya’ni birinchi katorda oxirgi mahsulot 206Rv, ikkinchisida 2O8Rv va uchinchisida 207Rv bo’ladi. Radioaktiv yemirilish nazariyasi ko’rsatadiki, dt vaqt ichida emiriladigan yadrolarning soni dN radioaktiv yadrolarning umumiy soni TV ga proportsional bo’lib, radioaktiv emirilish eksponentsial qonun bo’yicha kechadi: N=Noe~x”; bunda N —t paytdagi yemirilmagan yadrolar soni, No — boshlang’ich paytdagi yemirilmagan yadrolar soni va yemirilish doimiysi; yadroning ichki tuzilishiga bog’liq bo’lgan o’zgarmas miqdor. Radioaktiv yemirilishning eksponentsial qonuni statistik qonun bo’lib, faqat juda katta sondagi atomlar uchun o’rinlidir. Boshlang’ich paytdagi yadrolar miqdori yarmisining emirilishiga ketadigan vaqt moddaning yarim emirilish davri T deyiladi. U yemirilish doimiysi X bilan quyidagicha bog’langan: T=0,603 X. Radioaktiv qatorlarni boshlab beruvchi uran nU, torii ^Th va aktinouran 92i elementlarining yarim yemirilish davrlari, mos ravishda 4,51109 yil, 1,391010 yil va 7,13YU8 yilga teng. Radioaktivlik, asosan, Kyuri yoki uning ulushlari orkali ifodalanadi. Aktivlik 1 Kyuri sifatida radioaktiv moddaning bir sekundda 3,710’° ta yadrosining yemirilishi qabul qilingan. Radioaktivlik kashf qilinishi fan va texnikaning taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. U moddalar tuzilishi va xossalarini o’rganishda yangi davr ochib berdi.