Radiointerferometr

Radiointerferometr [radio…, interfer(entsiya) va metr] — turli fizik kattaliklarni o’lchashda ishlatiladigan asbob. Ishi radioto’lqinlar Interferentsiyasiga asoslangan. Radioastronomik kuzatishlar uchun mo’ljallangan. Bir-biridan ma’lum masofada joylashgan va kabel, to’lqino’tkazgich yoki retranslyatsion aloqa liniyasi bilan bog’langan ikki yoki undan ortiq antennadan iborat. Radionurlanish manbaidan chiqayotgan signallarni antenna qabul qilib, umumiy qabul qilgich qurilmaga uzatadi, u yerda signallar qayd qilinadi. Radiointerferometr radionurlanish manbaining koordinatalarini topishda, nurlanishlarning fazoda taksimlanishini va tabiatni o’rganishda, radioto’lqinlarning tarqalishini aniqlashda ishlatiladi. Radiointerferometr Yer sun’iy yo’ldoshlari, qit’alararo raketalar, sayyoralararo stansiyalar va boshqalarning harakatini kuzatishda qo’llanadi.