Radiolyarit
Radiolyarit — bir hujayrali planktonlar (radiolaria)ning nomi bilan atalgan kremniy tarkibli organogen cho’kindi tog’jinsi. Tarkibining 50% dan ziyodi radiolyariy skeletlaridan iborat. Radiolyariy chig’anoqlari, asosan, kremniydan tashkil topgan. Radiolyarit tarkibida fosfat, gil, alevrolit materiallari hamda diatomey, spikul, kremniyli gubka qoldiqdari uchraydi. Rangi kulrang, sarg’ish, qizg’ish bo’lib, bo’sh yoki zich tsementlashgan. Radiolyarit, asosan, geosinklinal, ba’zan platformalarda diatomit, trepel va yashmalar bilan birgalikda uchraydi.