Radioteleo’lchash, radiotelemetriya

Radioteleo’lchash, radiotelemetriya — turli fizik, texnik va boshqa kattaliklarni uzoqdan turib o’lchash. O’lchanadigan kattalik elektr signallarga aylantirilib, nazorat punktiga radio orqali uzatiladi. Radioteleo’lchash tizimida o’lchanadigan kattalik datchik yordamida radiouzatkichning yuqori chastotali tebranishlarini modulyasiyalovchi elektr signallariga aylanadi. Bir vaqtda bir nechta kattaliklarni o’lchash uchun ko’p kanalli radioalokadan foydalaniladi. Qabul qilish stansiyasida signallar fotoplyonka, magnit lenta va boshqalarga yozib olinishi mumkin.