Radon

Radon (Radonum), Rn — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 86. Inert gazlar jumlasiga kiradi. Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning a — yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil bo’lganligi sababli unga “radon” nomi berilgan. Bu izotopni 1899 yilda nemis olimi E. Dorn kashf qilgan. Hozirgi vaqtda Radonning 20 dan ortiq izotopi ma’lum. Radonning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jum- lasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuproqda uchraydi. Normal sharoitda 1m3 havoda 7106 Radon bo’ladi. Radon normal sharoitda rangeiz, hidsiz va ta’msiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 71°, qaynash temperaturasi -62°, zichligi 9,9 kg/m3. Radon radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Radon radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi ba’zi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi. Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (Radonli vannalar) ishlatiladi. Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qo’llanadi.