Rahimboboyeva Zahro
Rahimboboyeva Zahro (1923.2.2, Andijon — 1992.7.3, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1983). Toshkent pedagogika institutini (1944), Moskvadagi ijtimoiy fanlar akademiyasini (1954) tugatgan. Toshkent viloyati yoshlar tashkilotida yo’riqchi, kotib (194247). O’zbekiston KP MK bo’lim mudiri (1947-50), kotibi (1950-51, 1956— 63). O’zbekiston madaniyat vazirining 1-o’rinbosari (1954— 55), vaziri (1963-67, 1981-86). 1967-73 yillarda xalqaro demokratik xotinqizlar federatsiyasi kotibi — SSSR vakili (qarorgohi Berlin shahrida); 1973-77 yillarda Hindistonda SSSR elchixonasining Favqulodda va Muxtor maslahatchi elchisi; 1977-81 yillarda SSSR tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig’ining o’rinbosari. O’zbekiston “Vatan” jamiyati Prezidiumining raisi (1986-92).