Rahimov Davlatyor

Rahimov Davlatyor (1950.1.4, Xiva shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). SamDU ni tugatgan (1972). 1974 yildan Xiva shahridagi 10-maktabda ona tili va adabiyoti o’qituvchisi, 11-hunartexnika bilim yurtida direktor o’rinbosari, 1984 yildan Xiva shahri xalq ta’limi bo’limida nazoratchi, 1988 yildan 10-maktab direktori. Ta’lim berishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.