Rahimov G’ofir Rahimovich
Rahimov G’ofir Rahimovich (1905, Toshkent — 1972, Leningrad; Toshkentda dafn etilgan) — elektrotexnika sohasidagi olim, professor (1958), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1964), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964). Leningrad universitetida o’qigan (1923-26), Leningrad Politexnika institutini tugatgan (1931). O’rta Osiyo energetika institutida assistent (1932 yildan), dotsent (1933 yildan), kafedra mudiri (1934 yildan), prorektor (1956— 62), muhandislik-fizika fakulteti dekani (1962— 65). Ilmiy ishlari elektrotexnika, elektronika, elektr zanjirlari va tizimlariga, elektr ferromagnit zanjirlarning avtoparametrik uyg’onishi nazariyasi masalalariga doir. O’zbekiston Energetiklar va elektr sanoati xodimlari ilmiy tadqiqot jamiyati raisi (196372). As: Elektronika, T., 1968.