Rahimov Qadamboy Yoqubovich
Rahimov Qadamboy Yoqubovich (1948.1.6, Urganch tumani Qorovul qishlog’i) — dirijyor, bastakor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1991). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1971). Urganch pedagogika bilim yurtida o’qituvchi (1971-79), Komiljon Otaniyozov nomidagi viloyat filarmoniyasida director va badiiy rahbar (1979-86), Ogahiy nomidagi viloyat musiqali teatrida bosh dirijyor (1986 yildan). “Olma pishganda keling” (E. Samandar), “Jobbi Jujakning hiylasi” (K. Avaz) kabi musiqali komediyalarga, “jahannam” (K. Avaz), “Tilim asalim” (H. Rasul, Sh. Fayzullayev bilan) va boshqa pyesalarga musiqalar bastalagan. Shuningdek, xor asarlari, qo’shiqlar (“go’zal”, “muhabbat qolur”, “Ketdi dilni kuydirib” va boshqalar) muallifi.