Rahimova Mukambar Hakimovna

Rahimova Mukambar Hakimovna (1941.23.3, Toshkent) — aktrisa, rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (2002). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik (1964) va rejissyorlik (1976) fakultetlarini tugatgan. 1964 yildan “O’zbekfilm”ning aktyor studiyasida. Rahimova keng diapazoni, yuqori mahorati, chuqur dramatik va satirik obrazlari bilan diqqatga sazovor. Qunduz (“Istiqbol yo’li”), Lola (“Su- rayyo”), enaga (“dahoning yoshligi”), xatira (“oy borib, omon qayt”), kabi rollarni yaratgan. Rejissyor sifatida Farg’ona teatri (“Intilganga tole yor”), Jizzax teatri (“xayolparast”) va boshqa teatrlarda ham spektakllar, “guvohsiz suhbat”, “Noma’lum ayol maktubi”, “Qasoskorning oltin boshi” kabi radiopostanovkalar sahnalashtirgan. Dublyaj rejissyori sifatida tanilgan (“oq shudring”, “igna”, “Mening Miom, Mio”, “Shahrizodaning yangi ertaklari”, “Zombe”, “Delfin hayqirig’i”, “uch qirolning to’qnashuvi”, “Kunning ayoli” va boshqalar) O’zi ham 13 yoshidan dublyajda, radiopostanovka, telespektakllarda qatnashadi. “Dugonalar”, “tabassum”, “Vatandosh”, “yaxshi kayfiyat” kabi radiojurnallarning boshlovchisi.