Rahmonov Baxrom
Rahmonov Baxrom (1915.5.5 — Toshkent — 1961.5.4) — dramaturg, publisist. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1936). O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligida (1946-48) va “Qizil O’zbekiston” gazetasi bo’lim mudiri, muharrir o’rinbosari (1948-50). O’zbekiston KP MKda bo’lim mudiri (1950-52). O’zbekiston Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig’i (1953-55). O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1958-61). “Yurak sirlari” (1953) komediyasi, “Surmaxon” dramasi (1955), “bir to’y mojarasi” (1956, hamkorlikda), “so’nggi nusxalar” (1959-60), “Qilmish-qidirmish” (1960-61) kabi ko’p pardali hamda “o’zi boshqayu, so’zi boshqa” (1955), “hasad va muhabbat” (1957), “xo’jayin ko’chdi” (1958) singari bir pardali komediyalar muallifi. “Mardlar qissasi” dramasi (1958) fuqarolar urushi voqealariga bag’ishlangan.