Rahmonov Mamajon
Rahmonov Mamajon (1914.21.12, Qo’qon) — teatrshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975). San’atshunoslik Doktori (1968), professor (1969). Moskva moliya institutini (1936), Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1954). O’zbekiston san’at ishlari Boshqarmasida bo’lim boshlig’i (193842), O’zbekiston davlat filarmoniyasi (1942), Muqimiy teatri (1943— 49), Moskva konservatoriyasi qoshidagi o’zbek opera studiyasi (1949-51), Navoiy teatri (1957— 60 va 1970-76) direktori. Toshkent konservatoriyasi (1976-79), Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (1979-85) rektori. San’atshunoslik institutining teatr va xoreografiya bulimining mudiri (1960-76; 1985 yildan yetakchi ilmiy xodim). Ilmiy asarlarida o’zbek teatri tarixi, Hamzaning dramaturgiya va teatr san’ati sohasidagi faoliyati, O’zbek milliy akademik drama teatrining bosib o’tgan yo’li tadqiq qilingan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). “El-yurt hurmati” ordeni (2000) va “Shuhrat” medali (1994) bilan mukofotlangan. As: Hamza va o’zbek teatri, T., 1959; O’zbek teatri tarixi (18-20-asrlar), T., 1968; Shukur Burhonov, T., 1974 (hamkorlikda); O’zbekiston teatri (qadimdan 18-asrga qadar), T., 1981; Hamza nomli o’zbek davlat akademik drama teatri (1914-1960), T., 2001.