Rajabov Isxoq Rizqiyevich

Rajabov Isxoq Rizqiyevich (1927.2.1 — Toshkent — 1982.1.12) musiqashunos, sozanda (dutor, tanbur). San’atshunoslik fanlari Doktori (1971). Zamonaviy o’zbek maqomshunosligi asoschilaridan. Rizqi Rajabiyning o’g’li. O’rta Osiyo universitetining Sharq fakultetini tugatgan (1950). Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida ilmiy xodim (1955-61), Hamza nomidagi san’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida sho’ba mudiri (1961-82), ayni paytda Toshkent konservatoriyasi o’qituvchisi (1972-79). Otasi Rizqi Rajabiy bilan birgalikda ijro etgan ko’pgina o’zbek mumtoz kuylari grammyozuvga yozilgan. Ilmiy asarlari O’rta asr Sharq musiqasi risolalari, maqom san’ati tarixi va nazariyasi (o’n ikki maqom tizimi, namudlar, Shashmaqom va boshqalar) masalalariga bag’ishlangan (“Maqomlar masalasiga doir”, T., 1963 va boshqalar). “Shashmaqom”ning 6 jildli nashri (1966-74)ga muharrirlik qilgan. Obid Yunusov (1934.20.11, Toshkent) — aktyor, O’zbekiston xalq artisti (1990). Yunus Rajabiyning o’g’li. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1956). 1956-98 yillar Hamza teatri (hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatri) da ishladi. Erkin (“aytsam tilim, aytmasam dilim”), Qayum (“yurak yonmog’i kerak”), Xolmat (“boy ila xizmatchi”), Abbos (“Mirzo Ulutbek”), Ma’mur (“Kelinlar qo’zg’oloni”), Kirill qon”), Sino (“Abu Ali ibn Sino”), O’tkuriy (“Parvona”) kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam o’rin oldi. U bir qancha filmlar (“Armon”, “To’ylar muborak”, “Chinor ostidagi duel”, “chayon gul”, “Shaytanat”, “sharpa” va boshqalar)da ham suratga tushgan. U serqirra, murakkab va ayni choqda yaxlit xarakter yaratuvchi aktyor bo’lib, uning qahramonlari jasoratli, ulug’vor, harakat bilan nutqining rang-barangligi, musiqiy va serma’noligi bilan ajralib turadi. Dublyaj san’atining mohir ustasi sifatida 1000 ga yaqin bosh rollar (“Kirol Lir”da lirga, “Sangam”da Sundurga va boshqalar)ga ovoz bergan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1989), “mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan (2003). Hasan Rajabiy (1942.22.7, Toshkent) — xonanda va sozanda (tanbur). O’zbekiston xalq hofizi (1990). Yunus Rajabiyning o’g’li. Otasidan soz chalishni va xonandalik san’atini o’rgandi. Tanbur yo’llarini T. Alimatov va S. Karimovlardan o’zlashtirgan. Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tanbur ijrochiligi bo’yicha hamda ToshDUning Filologiya fakultetini tugatgan (1967). Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1967-75). “Maqom” ansamblida sozanda va xonanda (1976-96), Yunus Rajabiy uymuzeyining direktori (1996 yildan). Keng diapazonli, shirali ovozga ega bo’lgan H.R.ning ijro uslubi she’rlar mazmunini chuqur his etish, so’zlarni donadona qilib aytish, o’ziga xos vazminlik, nolakorlik va kamerlik (xonakilik) bilan ajralib turadi. Repertuaridan maqom yo’llari (“Saraxbori Dugoh” taronalari bilan, “Bayoti Sheroziy Talqinchasi va soqiynomasi”, “Ushshoq”, “Segoh”, “Mo’g’ulchai Dugoh Talqinchasi”, “Saraxbori Oromijon”, “Dugoh Husayn” IV—V, “Oraz” va boshqalar), mumtoz ashulalar (“Munojot”, “fig’on”, “adoyi” va “Asiriy”, “Sayyora”, “Girya” III, “Erkin Tanavor” kabi), bas (“oqshomdan tushgacha”), Yormat (“qutlug’ takorlar asarlari (“Koshki”, “ne navo”, “Kuygay”, “gul sochar”, Yu. Rajabiy; “Kuyla, dilkash dutorim”, “topmadim”, S. Kalonov; “Bo’l menga mahbub”, F. Sodiqov; “men ketar bo’ldim”, T. Jalilov va boshqalar) o’rin olgan. T. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Sattorova, G. Erqulova, N. Sattorova kabi san’atkorlarga ustozlik qilgan. O’zbek mumtoz musiqasiga bag’ishlangan risola va maqolalar muallifi. “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997). Tohir Rajabiy (1946.9.5, Toshkent) — sozanda (Qashqar rubobi). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1990). Yunus Rajabiyning o’g’li. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1969). Navoiy teatrida (1969-73), O’zbekiston teleradiokompaniyasining doni Zokirov nomidagi O’zbek xalq cholg’ulari orkestri (1973— 91 va 2002 yildan), estradasimfonik orkestri (1991-2001 )da yakka sozanda. Jozibali, musiqa bezaklariga boy ijro uslubi yuqori texnikasi, nozik kechirimlari bilan ajralib turadi. Repertuaridan o’zbek mumtoz kuylari (“Nasri Segoh”, “Galdir”, “Oromijon”, “Hojiniyoz”, “Girya”, “baet II”, “Ushshoq” va boshqalar), bastakorlar asarlari (I. Ikromovning “Munojot” I—II, “Guluzorim”, T. Jalilovning “Otmagay tong”, D. Zokirovning “Ey sabo”, “ko’rmadim”, Yu. Rajabiyning “Koshki”, “Ra’nolanmasun” va boshqalar) o’rin olgan. Shuningdek, o’zbek xalq cholg’ulari, kamer va estradasimfonik orkestrlari jo’rligida O’zbekiston (S. Hayitboev, B. Gienko, Sayfi Jalil, Hab. Rahimov, M. Bafoev, D. Omonullayeva, A. Nazarov va boshqalar) va chet el (F. List, S. Aleskerov, G. Xonmamedov, R. Pauls, M. Legran va boshqalar) kompozitorlari asarlarini ijro etgan. T. R. bir qancha qo’shiqlarga musiqa yozgan (“Yoding dil ardog’ida”, “kuylar osmoni- da”, “Rajabiy madhi” va b.). Ad.: Ahmedov M., Yunus Rajabiy, 2nashri, T., 1980; Akbarov I. Yunus Raja- biy, M., 1982; Rajabiyxonlik, T., 1993; Rajabiyxonlik, T., 1994; G’ofurbekov T., XX asr o’zbek musiqasi va yu. Rajabiy. Musiqa ijodiyoti masalalari, T., 1997. Hasan Rajabiy.