Raketa
Raketa (italyancha rocchetta — pirpirak) — maxsus raketa yonilg’isi (ish jismi) yonganda paydo bo’ladigan kuch ta’sirida tsarakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilg’isi turiga ko’ra, qattiq yoqilg’ili va suyuq yonilg’ili xillarga bo’linadi. Boshqariladigan va boshqarilmaydigan xillari bor. Boshqariladigani uchib ketayotganda o’z yo’nalishini (traektoriyasini) o’zgartirishi mumkin. Bir bosqichli va ko’p bosqichli Raketalar bor. Ko’p bosqichli Raketa zaxira yonilg’i solingan bulma, dvigatel qurilmasi, yonilg’i berish tizimi, boshqarish organlari, apparatlari va boshqalardan iborat. U raketaning ma’lum bosqichda uchishini ta’minlaydi. Yonilg’i zahirasi tugagach, birinchi bosqich Raketaning uchishda davom etadigan boshqa bosqichlaridan ajraladi. Raketaning boshlang’ich (start) massasi bir necha ming tonnagacha bo’lishi mumkin. Raketa harbiy ishda va kosmonavtikada qo’llanadi. Raketa maxsus uchirish qurilmalaridan uchiriladi. Raketa harbiy maqsadlarda, kosmosda, ilmiy tadqiqot ishlarida, xo’jalik ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Kosmik Raketalarning yaratilishi rus olimlari K.E.Tsiolkovskiy, N.I.Kibalchich, FL.Tsander, V.P.Ptushko, S.P.Korolyov, chet el olimlari R.Goddard, G.Obert va boshqalar nomi bilan bog’liq.