Ramakrishna

Ramakrishna (haqiqiy nomi Gadadhar Chatterji) [1836.18.2, boshqa manbalarga ko’ra 1834.20.2, Kamarpukur (G’arbiy Bengaliya) — 1886.16.8, Kalkutta] — hind diniy mutafakkiri, jamoat arbobi. Vivekanandaning ma’naviy ustozi. Shankaraning advaytavedantasini Ramanuja ta’limoti bilan birlashtirishga intildi. Hindiston va butun insoniyatning uyg’onishi uchun yagona din kerak, deb hisoblab, barcha dinlarning ma’naviy yaqinligini targ’ib qilgan. Ramakrishnaning fikricha, har bir inson o’zining Xudoga nisbatan muhabbatini tarkidunyochilik yo’li bilan emas, balki shu real dunyoda o’z burchini ado etish yo’li bilan izhor etishi kerak. Hind milliy harakati mafkurasiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1897 yil Ramakrishna shogirdlari uning g’oyalarini targ’ib qilish uchun “Ramakrishna missiyasi” jamiyatini tashkil qilganlar, bu jamiyat hozirgacha ish olib boradi.