Rana sanga
Rana sanga, Sangram Singh (?-1528) — rojput, Boburning Hindistondagi eng kuchli raqibi. Rana sanganing asosiy mulki Mevar edi. Mandu sultonlarining hokimiyati zaiflashgach, Rana sanga undan Rantanbur, Arangpur, Bxilsan va Chandiri kabi keng viloyatlarni tortib olgan. Bobur Kobuldaligida Rana sanga unga kishi yuborib, “Agar hukmdor Dehyai viloyatiga kelgudek bo’lsalar, men Agraga ketaman” degan. Biroq Bobur 1526 yil Ibrohim Lo’diyni yengib, Deush va Agrani olgach, Rana sanga unga qarshi chiqib (1527 yil), Kandar qal’asini qamal qilgan va uni egallagan. Rana sanga bilan Bobur o’rtasidagi hal qiluvchi Kxanua jangi 1527 yil 13 martda yuz berdi. Jangda Bobur ko’llagan tulg’ama usuli va artilleriya ish berdi. Jangda Bobur to’la g’alabaga erishdi. Rana sanga bir yildan so’ng vafot etgan.