RANGLI INQILOB

RANGLI INQILOB — demokratik tartibotni qaror toptirishni maqsad qilgan ayrim gegemon davlatlarning ―demokratiya taqchilligi kuzatilgan davlatlarda inqiloblar uyushtirish texnologiyalarini ifodalovchi amaliyot shakli. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida demokratiyani va turli ―ochiq jamiyat modellari‖ni eksport qilib bo’lmaganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan import qilish yoki tiqishtirish mumkin emasligi tobora o’z tasdig’ini topmoqda. Dunyo sahnasida ―Rangli inqilob degan umumiy nomad bir-birini takrorlovchi spektakllar qo’yilgani o’z taqdiriga beparvo bo’lmagan kishini muayyan xulosalar chiqarishga undaydi. Ro’y bergan turli taloto’plarni Ukrainada ―zarg’aldoq inqilobi‖, Gruziyada ―atigullar inqilobi, Qirg’izistonda ―lolalar inqilobi va h.k. deya jar solindi. Aslida, turli mamlakatlarda kuch ishlatmasdan hokimiyatni ag’darish texnologiyalari XX asrning 80-yilllarida ishlab chiqildi va Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlarida sinovdan o’tkazildi. Tinch yo’l bilan amalga oshirilishiga ishora qilinib, bu jarayonlar, baxmal inqiloblar deya baholandi. XXI asrda bu texnologiyalar yanada takomillashtirilgan holda MDH davlatlarining ayrimlarida qo’llanib, ― Rangli inqiloblar maqomini oldi va ―demokratiya eksporti‖ strategiyasining taktik bosqichlariga aylantirildi. Rangli inqiloblar demokratiyaga emas, balki demokratiya niqobi ostida milliy qiyofani buzish, milliy iftixor va o’zlikni anglashdan mahrum etish, hayvoniy hirs-ehtiroslarni kuchaytirib, ruhiy-ma‘naviy fazilatlarni, ya‘ni odamiylikni yo’q qilishga qaratiladi. Bunda nafaqat alohida kishilar shikastlanadi, balki butun millatlar yemiriladi va odamlarimiz shunday g’oyani olib kelib singdirganlar uchun tayyor qurolga, ―taraqqiy etgan qulga aylanadi.