RAQOBAT KO’RINISHLARI
RAQOBAT KO’RINISHLARI – raqobat asosan ikki turga bo’linadi: a) mukammal; b) mukammal bo’lmagan. Agarda bozorda ko’p sonli sotuvchilar bo’lsa, ularning har biri sotadigan tovarlarning kichik ulushiga ega bo’lsalar va mahsulotga bahoning shakllanishiga ta’sir eta olmasalar, bunday raqobat mukammal raqobat hisoblanadi. Raqobatni bozor ishtirokchilari baholar ishlab chiqarish texnologiyasi, olishi mumkin bo’Igan foyda miqdori kabi axborotlarni olishga bir xil imkoniyatlarga ega bo’ladilar, o’z navbatida xaridorlar mahsulot bahosi, uning o’zgarishi to’g’risida axborotga ega bo’ladilar va bozorga kirish va chiqishda to’siqlar bo’lmaydi. Amaliyotda mukammal raqobat sof holda kam uchraydi. Ammo bir qancha tarmoq bozorlarida, masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida raqobatning ushbu shaklini uchratish mumkin. Mukammal bo’lmagan raqobat deganda, sof (mukammal) raqobatning biror-bir sharti bajarilmaydigan bozor tushuniladi. Amaliyotda ko’pgina bozorlarda mahsulotning ko’p qismi cheklangan sonli firmalar tomonidan taklif etiladi. Yirik korporatsiyalar o’zlarining mavqelaridan foydalangan holda mahsulotni sotish shartlariga, baholarga tasir eta oladilar.