Rashidov Sharof Rashidovich
Rashidov Sharof Rashidovich (1917.6.11, Jizzax shahri — 1983.31.10, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi, yozuvchi. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), SamDU ning filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gazetasida mas’ul kotib, muharrir o’rinbosari va muharrir (1937-41,1943). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941 yil noyabr — 1942). O’zbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944-47), “Qizil O’zbekiston” gazeta muharriri (1947— 49), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949-50). O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). O’zbekiston KP MK 1-kotibi (1959 83). KPSS MK siyosiy byurosi (Prezidiumi) a’zoligiga nomzod (1961-83). 2 marta mehnat qahramoni (1974, 1977). Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1-yirik asari — “chegarachi” dostoni 1937 yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuyg’ulari bilan sug’orilgan “qahrim” she’rlar to’plami 1945 yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri — qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish mavzuida “g’oliblar” qissasini (1953) yozdi. 2-jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bag’ishlangan “Bo’rondan kuchli” (1958) va “qudratli to’lqin” (1964), “g’oliblar” (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida ro’y bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan ko’ra g’oyaviylik tamoyiliga ko’proq e’tibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan “Kashmir qo’shig’i” lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida o’rinni egallaydi. Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xo’jalik yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan so’ng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatag’onida nohaq qoralandi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi va u Vatanimiz tarixidagi munosib o’rnini egalladi. Prezident I. A. Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi xalqlar do’stligi saroyi me’moriy majmuasi uchun qurilish g’oyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan so’ng Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi ko’chalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. “Chig’atoy” qabristoniga dafn etilgan. As: asarlar [5 j.li], 1—5J.lar, T., 1981-83; Erk istar ko’ngil [qissa, kinossenariy, she’rlar], T., 1992. Ad.: Karimov I., O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1J., T., 1996; Rashidov A., Akam haqida, T., 1992; Rizaev S, Sharaf Rashidov. Shtrixi k portretu, T., 1992; Mirzaev S, Shermuhamedov S, Hozirgi zamono’zbek adabiyoti tarixi, T., 1993; O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.