Rasin Jan
Rasin Jan (1639.21.12, Fertemilon — 1699.21.4, Parij) — frantsuz dramaturgi, klassisizmning yirik vakili. Rasin asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yaratgan, asosiy person ajl ari qirol, gersog, graf va go’zal xonimlar bo’lishiga qaramay, bu asarlarda 17-asrdagi siyosiy-g’oyaviy qarashlar ifodalangan. Rasin “Buyuk Iskandar” (1665), “Axdromaxa” (1667), “Britannik” (1669), “Berenika” (1670), “Boyazid” (1672), “Ifigeniya Avlidada” (1674), “Fedra” (1677), “Gofoliya” (1691) va boshqa tragediyalar yozgan. “Andromaxa” bilan frantsuz teatri tarixida yangi sahifa ochilgan. Tragediyaning mazmuni yunon miflaridan olingan bo’lib, Rasin antik mazmunga yangicha ma’no bergan. Ishqiy hayajonlar zaminida axloqiy muammoni ilgari surgan. Markaziy figura Andromaxa Rasinning gumanistik ilg’or g’oyalarini tashuvchi, zolimlikni fosh etuvchi obraz sifatida gavdalangan. Unga zolim Pirr qarama-qarshi qo’yilgan. “Gafoliya” asarida xalqning zolimlarga qarshi qo’zg’oloni voqeasi yoritilgan. Rasin ijodining so’nggi davrida “diniy qo’shiqlar” she’riy to’plami (1694) va “Porroyalning qisqa tarixi” asarlarini yozgan.