Rasulov Po’lat
Rasulov Po’lat (1913.25.2 — Toshkent — 1990.9.9) — kinooperator. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Faoliyatini “O’zbekfilm”da operator yordamchisi bo’lib boshlagan (1935-48), keyinchalik operator (1949-56). Toshkent telestudiyasida bosh operator (195661), O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida operator va rejissyor (1961-73). “Asal”, “Nasriddin Buxoroda”, “Tohir va Zuxra”, “Nasriddinning sarguzashtlari”, “Alisher Navoiy”, “Farg’ona qizi” kabi filmlarning ikkinchi operatori. “Stadionda uchrashamiz” kinokomediyasining operatori, “O’zbekiston urush yillarida”, “Yashargan hayot”, “O’zbekiston gaz va kimyosi”, “Nabi G’aniyev”, “Barhayot Hamza”, “Qutlov”, “Xalq yozuvchisi Oybek”, “Komil Yashin”, “Baxtli bolalik”, “bog’bon”, “Tamara qo’shiqlari” hujjatli va ilmiy-ommabop filmlarning muallif-operatori va rejissyori.