Raxmaninov Sergey Vasilevich
Raxmaninov Sergey Vasilevich [1873.20.3(1.4), Novgorod gubernyasi — 1943.28,3, Beverli-Xils, Kaliforniya, Nyu-York yaqinidagi Kensikoda dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi va dirijyor. Moskva konservatoriyasini fortepiano (1891) va kompozitsiya (1892) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan. Moskvadagi rus xususiy opera teatri (1987-98), katta teatr (1804-06)da dirijyor. 1918 yildan AQShda yashagan. Raxmaninov ilk asarlari (1 fortepiano kontserti, 1891; “Aleko” operasi, 1892 va boshqalar) dan rus mumtoz kompozitorlik an’analariga tayangan. Uning keng ko’lamli lirik kuylarga boy musiqasi rus xalq qo’shiqchiligi va cherkov musiqasi, shu bilan birga Sharq musiqasi an’analariga asoslanadi. Buyuk virtuoz pianinochi sifatida Shuhrat qozongan Raxmaninov ijodida fortepiano asarlari alohida o’rin tutadi: fortepiano va orkestr uchun 4 ta kontsert va “Paganini mavzusiga rapsodiya”si, Prelyudiyalar va etyudmanzara turkumlari, 2 ta Sonata va fortepiano triosi va boshqalar. “Simfonik raqslar”, “Ioann Zlatoust liturgiyasi” va “tungi bedorlik” xor asarlari, romanslar, kamercholg’u asarlari va boshqalar mashhur. Raxmaninovning umumsharqona uslubga mansub asarlari orasida “kuylama sohibjamol” romanei, “sharqona raqs”, “Vokaliz” kabi kamercholg’u asarlari, 2 va 3 fortepiano kontsertlari va boshqalar mavjud.