Rayl (Ryle) Martin
Rayl (Ryle) Martin (1918.27.9 1984) — ingliz astronomi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1952 yildan), Bredfild (Oksford) kollejida ma’lumot olgan. 1939-45 yillarda olis aloqa tekshiruv markazida ishlagan. Kembrij universitetida professor (1955 yildan). Raylning asosiy ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. 1948 yilda (G.Smit bilan birgalikda) Kassiopeya yulduz turkumida kosmik radionurlanishning quvvatli manbaini kashf qilgan; birinchilardan bo’lib galaktikadan tashqaridagi radioastronomiyani kosmologiyaga qo’llagan. Rayl tadqiqotlarining galaktika radiotuzilishida ahamiyati katta. Nobel mukofoti laureati (1974; E.Xyuish bilan hamkorlikda).