Raynis Yan
Raynis Yan (taxallusi; asl ism- sharifi Yanis Pliekshans) [1865. 30.8(11.9), Varslavani qishlog’i, hozirgi Ekabpile tumani — 1929.12.9, Riga] — Latviya xalq shoiri (1940), daramaturg va jamoat arbobi. Peterburg universitetini tugatgan (1888). “Dienas Lapa” gazeta muharriri (1891-95). Revolyutsion faoliyati uchun qamalgan (1897). Pskovga, so’ngra Vyatka gubernyasidagi Slobodskoy shahriga (1899) surgun qilingan. 1903 yil surgundan qaytgan. Shveytsariyada emigratsiyada bo’lgan (1905-20). “Moviy oqshom sadolari” (1903), “bo’ron nihollari” (1905), “ajoyib kitob” (1909), “boshi va oxiri” (1912), “Dag’dag’aning besh nusxa daftari” (1920— 25) va boshqa she’riy to’plamlar muallifi. “Ave sol” dostonida (1910) quyosh ozodlik simvoli sifatida tasvirlangan. “Guvullayver, shamol” pyesasi (1913) Latviya dramaturgiyasida muhim o’rin tutadi. “O’t va tun” (1905), “Indulis va Ariya” (1911), “Iosif va uning akaukalari” (1919) pesalari ham bor. Rus dostonlari asosida “Ilya Muromes” tragediyasini yozgan (1922). Asarlari o’zining yangi uslubi, chuqur falsafiy teranligi va yuksak g’oyaviyligi bilan ajralib turadi, “yangi zamon” she’riy to’plami o’zbek tiliga tarjima qilingan (1967).