Rayt (Wright) Frank Lloyd
Rayt (Wright) Frank Lloyd (1869.8.6, Richlendsenter shahri, Viskonsin shtati — 1959.9.4, Teylizin — Uest sh. Arizona shtatidagi) — amerikalik me’mor. Chikagodagi me’morlar J. Silisbi (1887) va L. Salliven (1888) ustaxonalarida ta’lim olgan. Qurilish materiallari va qurilmalarning manzara bilan uyg’unlashuvidagi shakllarning o’ziga xos mutanosibligini ko’rsatish Rayt ijodining asosini tashkil etdi. Qurilish ishlarida me’moriy talablardan, inshoot qurilish shartlari va maqsadlaridan rasional va maksimal foydalanishni talab etdi. Dastlab kichik turar joylar me’morligi bilan shug’ullanib, keyinchalik bino va inshootlar loyihasini yaratgan (Buffalodagi “Larkin” firmasi, 1905; Tokiodagi “Imperial” mehmonxonasi, 1916-22; “sharshara ustidagi uy”, Pensilvaniya shtati, 1936; Nyu-Yorkdagi Guggenxeym muzeyi, 1956-59 va boshqalar). Rayt loyihalarining Berlinda o’tkazilgan ko’rgazmasi (1910) Yevropa me’morligi rivojiga turtki bo’ldi. 30-yillarda Rayt organik arxitektura asoschisi va yetakchi ustasiga aylandi. 20-asr me’morligining shakllanishi va rivoj topishida Rayt ijodining ta’siri katta bo’ldi. As: Budutshee arxitekturi, M., 1960. Ad.: Goldshteyn A.F., F.L.Rayt, M, 1973.