Razin qo’zg’oloni
Razin qo’zg’oloni, Stepan Razin boshchiligidagi dehqonlar urushi (1670-71) — Rossiyada pomeshchiklarga va krepostnoylikka qarshi dehqonlar urushi. Don, Volgabo’yi va Volga ortiga yoyilgan. 17-asr o’rtasida krepostnoy dehqonlarni asoratga solishning juda kuchayishi tufayli kelib chiqqan. Urushga S.T.Razin, V.R.US, F.I.Sheludyak va boshqalar boshchilik qilgan. Bu urushda harakatlantiruvchi kuch — krepostnoy dehqonlar, kazaklar, savdogarlar, hunarmandlar va Volga bo’yining rus bo’lmagan xalqlari (chuvashlar, Marilar, mordvalar, tatarlar) bo’lgan. Razin otryadlari 1670 yilning kuzida quyi Volgabo’yini egallaganlar. Shu yilning avgustida Razin katta qo’shin (taxminan 10 ming kishi) bilan Tsarisindan chiqib, Volga bo’ylab Moskva tomon yurgan va sent.da Simbirskiy qamal qilgan. Ayni paytda qo’zg’olonchilar otryadlari kurmish, alatir, Saransk, Penza va boshqa joylarni ham qo’lga kiritganlar. Qo’zgolonchilar oktabrda Simbirsk ostonalarida mag’lubiyatga uchradilar.