RAZVYORTKA

RAZVYORTKA (ruscha) — metall detallarning teshiklariga toza ishlov berish uchun mo’ljallangan ko’p tig’li asbob. O’tkir qilib charxlangan bo’ylama tishlari bor tana (sterjen) ko’rinishida bo’ladi. Dastaki (buramaga o’rnatib qo’lda ishlatiladigan) va mashina (stanokka o’rnatib ishlatiladigan) Razvyortkalar bor. Tuzilishiga ko’ra, Razvyortka yaxlit, yig’ma, Kerma va boshqa xillarga bo’linadi. Razvyortka pishiq legirlangan asbobsozlik po’lati, qattiq qotishmalardan tayyorlanadi.