Realizm

Realizm (lotincha realis — moddiy, haqiqiy) — falsafiy yo’nalish. Unga ko’ra, ongdan tashqaridagi mavjud reallik go’yo ideal ob’yektlarning mavjudligidan (Platon, o’rta asr sxolastikasi) yoki sub’yekt, bilish jarayoni va tajribaga bog’liq bo’lmagan bilish ob’yektidan (20 – asr falsafiy Realizm i) iboratdir. O’rta asr Realizm i universaliylar (umumiy tushunchalar) Real va ongga bog’liq bo’lmagan holda mavjud deb uqtirgan. Hozirgi zamon falsafasida realistik oqimlar ustuvorlik qiladi. Zamonaviy Realizmning muhim yo’nalishlari: tarixiy materializm, neorealizm, neotomizm va yangi ontologiya hisoblanadi. Yangi ontologiyaning mazmunini metafizik Realizm tashkil etadi. Tahlil markazida reallik bizga qanday berilgan va uni biz qay darajagacha bila olamiz degan masala turadi. Hozirgi zamon Realizm iga fenomenologiya va ekzistentsializm muhim hissa qo’shyapti.