Rechitativ

Rechitativ (italyancha recitare — ovoz chiqarib o’qimoq) — oddiy yoki badiiy nutk, intonasiyasi va ritmikasini ifodalashga asoslangan vokal musiqa turi. Odatda, Rechitativ matn tuzilishini aks ettirib tugal musiqa shaklini tashkil etmaydi. Uning kelib chiqishi xalqmusiqiy epik janrlari (Doston, qissaxonlik kabi) bilan bog’liq. Kompozitorlik ijodiyotida Rechitativ avvalo opera janrida keng qo’llaniladi. Uning imkoniyatlari, shuningdek, Kantata, oratoriya, romans va boshqa janrlarda o’z aksini topgan. O’zbek musiqa merosining doston, katta ashula, Ramazon, zikr, Marsiya kabi janrlarida Rechitativ unsurlari ustuvor o’rin tutadi. O’zbek kompozitorlari yaratgan musiqali drama, opera va boshqa asarlarning yetuk namunalarida doston, kata ashula kabi janrlarga xos Rechitativ xususiyatlar ham uchraydi.