Reduktsiya

Reduktsiya (tilshunoslikda) — tovush cho’ziqligining qisqarishi yoki talaffuzning kuchsizlanishiga bog’liq holda uning artikulyasion va akustik sifatlarining o’zgarishi. Asosan, unlilar Reduktsiyaga uchraydi, biroq undoshlar yoki murakkabroq tovush qo’shilmalari (bo’g’inlar, so’zlar) Reduktsiyasi ham uchraydi. Masalan, bo’yin so’ziga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’g’indagii Reduktsiyaga uchraydi, shu sababli aytilmaydi va yozilmaydi yoki necha so’roq olmoshi oxirida a bir qator shevalarda qisqa i(‘) tarzida talaffuz etiladi: nechchi kabi. Miqdoriy Reduktsiya (tovushning urg’usizligi sababli uning cho’zikliligining qisqarishi) vasifatiy Reduktsiya (cho’ziklikning qisqarishi natijasida artikulyatsiya sifatining o’zgarishi) o’zaro farqlanadi. Reduktsiya o’zbek va rus tillarida kuchli, yorqin namoyon bo’ladi, Fransuz tilida esa mavjud emas.