Reestr

Reestr (lotincha regestrum — ro’yxat, sanoq) — ish hujjatlari, mol-mulk va boshqa ro’yxati hamda shu ro’yxatlar qayd qilinadigan daftar. Davlat ahamiyatiga molik biron-bir sohaga oid ro’yxat (Masalan, ekishga ruxsat etilgan ekin navlari Reestri; kichik yoki xususiy korxonalar Reestri) Davlat Reestri deb yuritiladi.