REFERENT

REFERENT (lot. referens – xabar qiluvchi, ma‘lumot beruvchi) — 1) referat tayyorlovchi, uni o’qib beruvchi, ma‘lumot, xabar beruvchi shaxs 2) Muayyan masalalar yuzasidan axborot, ma‘lumot, maslahat beruvchi mas‘ul shaxs turli vazirlik, konsern, muassasa va hokazolarda Referent lavozimi bo’lib, uni egallab turgan shaxs muntazam tarzda sohaga oid ma‘lumotlar to’plab boradi hamda uni referat tarzida o’z rahbariga taqdim etadi. Ayrim vazirliklarda vazir yordamchisi lavozimida ishlayotgan mas‘ul shaxs ham Referent deb nomlanadi.