Reflektor
Reflektor (lotincha reflecto — bukaman, qaytaraman) — 1) yorug’lik, tovush, issiqlik to’lqinlari, gidrostatik, elektromagnit energiya oqimlari yo’nalishi va jadalligini, shuningdek, qayishqoqlik xossasiga ega bo’lgan qattiq jismlar harakati yo’nalishini o’zgartirish uchun mo’ljallangan qaytargich qurilma; Reflektorning qaytaruvchi sirti bir yoki bir necha ko’zgudan iborat. To’lqinlar yoki oqimlarni tuplash uchun Reflektor sirti botik, (sferik, paraboloidal va boshqalar) bo’lishi lozim. Reflektor akustika, Radiotexnika (antenna), uy-ro’zg’orda ishlatiladi; 2) astronomiyada — ko’zguli ob’yektiv bilan jihozlangan teleskop. Reflektorda tasvir okulyar orqali kuzatiladi, boshqa yorug’lik qabul qiluvchi qurilma bilan suratga olinadi yoki qayd qilinadi. Reflektorda asosiy ko’zgudan tashqari abberasiya hodisasini kamaytiradigan qo’shimcha ko’zgu yoki Linza ham bo’lishi mumkin. Reflektorda yulduzlar, sayyoralar, Quyosh va boshqalarning tasviri asosiy botiq ko’zguda va qo’shimcha qavariq yoki yassi ko’zgularda hosil bo’ladi. Reflektorning Nyuton, Kassegren, Gregori va boshqa tizimli turlari bor. Dunyodagi eng katta Reflektor asosiy ko’zgusining diametri 6 metr (Rossiya). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutidagi Reflektor ko’zgusining diametri 1,5 metr.